Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi taşkil etildi. Bu taşkilot “daladan dasturxongaça” tamoyili asosida barça nazorat jarayonlarini qamrab oladi.

Qömita – Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya qömitasi va Sanepidqömitaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş yönalişi negizida şakllantiriladi.

Prezident qarori bilan, Azizbek Allaberganoviç Urunov örindoşlik asosida yangi qömitaga rais etib tayinlandi. U Özbekiston prezidentining Jahon savdo taşkiloti böyiça vakili sifatida ham faoliyatini davom ettiradi.

Şuningdek:

  • Furqat Zokiroviç Jalilov Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qiliş departamenti boş inspektori lavozimidan ozod etildi;
  • Elyor Xolmatoviç Talaboyev Özbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari kotibiyati boş inspektori lavozimidan ozod etildi.

JSTga a’zolik keçikdi

Azizbek Urunov Özbekistonning JSTga a’zoligi jarayonida 2023 yildan buyon prezident vakili – boş muzokaraçi sifatida işlab kelmoqda.

Özbekiston hukumati JSTga 2026 yil mart oyida a’zo bölib kirişni maqsad qilgan edi, lekin bu röy bermadi.

Ötgan hafta davlat rahbari joriy yilda Özbekistonning JSTga tölaqonli a’zoligini rasmiylaştiriş böyiça kompleks işlarni sifatli amalga oşirişni buyurgan edi