O‘zbekiston | 19:56 / 15.09.2024
6529
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya kanslerini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi
Samarqand shahrida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Mavzuga oid
13:26
«Bu ish bermaydi» - Olaf Shols Ukrainada tinchlikka erishish yo‘llari haqida bayonot berdi
18:26 / 17.09.2024
Faqat migratsiya emas: Olaf Shols bilan nimalar muhokama qilindi?
15:20 / 17.09.2024
O‘zbekiston prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi
14:08 / 17.09.2024