Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer federal kansler Olaf Şols va uning hukumatining 14 vaziriga iste’fo guvohnomalarini topşirdi. Marosim 25 mart, seşanba kuni Berlin markazidagi Belvyu prezident saroyida bölib ötdi.
Vazirlar işdan böşatildi, ammo vazifasini bajaruvçi sifatida qoladi
Germaniya Federativ Respublikasi asosiy qonunining 69-moddasiga köra, yangi Bundestag çaqiriladigan kun kansler va vazirlar öz işini töxtatadi. Uning birinçi yiğilişi 25 mart kuni bölib ötdi.
Biroq, Ştaynmayyer Şols va barça 14 vazirdan lavozimda yana bir neça hafta vaqtinçalik qolişni söradi. Uşbu tartib qonun bilan ham nazarda tutilgan.
Kansler va vazirlar yangi hukumat tuzilmagunça işlaşda davom etadi. Fridrix Mers avvalroq uni Pasxa, 20 aprelgaça şakllantirişga va’da bergan edi.
Ştaynmayyer Şolsga minnatdorçilik bildirdi
Vazirlar oldidagi nutqida Ştaynmayyer ularga «minnatdorçilik» izhor etdi, Şolsni «idrok ovozi» deb atadi hamda kansler va hukumatning «katta sa’y-harakatlarini», jumladan, Ukrainadagi uruş oqibatlarini bartaraf etişdagi xizmatlarini e’tirof etdi. Şols va Ştaynmayyer ilgari Germaniya Sotsial-demokratik partiyasida (GSDP) partiyadoş bölgan. Ikkinçisi 2017 yilda prezident bölganidan keyin a’zoligini töxtatdi.

















