O‘zbekiston | 21:07 / 16.09.2024
19532
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors bosh direktori jarimaga tortildi

Bo Inge Andersson muddati o‘tgan debitor qarzlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagan.

Foto: Flickr

UzAuto Motors bosh direktori, shvetsiyalik Bo Inge Andersson ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Qayd qilinishicha, Andersson UzAuto Motors Powertrain tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rmagan. Shu bois, unga nisbatan jarima ko‘rinishidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Bo Inge Andersson 2021 yil avgustida UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlangan edi. U avtomobilsozlik sohasidagi top-menejerlardan biri bo‘lib, Shvetsiyaning Saab, Rossiyaning GAZ va AvtoVAZ kompaniyalaridan ishlagan.

Mavzuga oid