Jamiyat | 19:38 / 18.09.2024
2841
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismida avtomobillar harakati cheklanishi bois, bir qancha avtobuslar yo‘nalishi ham o‘zgartiriladi.

Toshkent shahrida avtobuslar yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 18 sentabrdan 5 oktyabrgacha Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismida 110 kV yer osti elektr kabellari o‘tkaziladi. Shu sababli, 2-, 11-, 12-, 40-, 45-, 47-, 67-, 77-, 80-, 94-, 106-, 140-sonli avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi. Vazirlik ushbu o‘zgarishlarni chizma asosida taqdim qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari uzayishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid