Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi sahifasiga yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.


Olgan Bekar 2021 yildan beri Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritib keladi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Muloqot davomida Jahon savdoga tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan amaliy qadamlar muhokama qilingan.
Undan oldin esa prezident yordamchisi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashib, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, mehnat migratsiyasi borasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilgan edi.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026