Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Foto: BBC
AQShning Kentukki shtati, Letcher okrugida sudya Kevin Mallinz o‘z kabinetida otib o‘ldirildi. Qotillikda okrug sherifi Mikki Staynz ayblanmoqda, u hibsga olingan, deb xabar berdi The Mountain Eagle nashri.
Voqea 19 sentabr kuni sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, sherif sudyaning qabulxonasiga kelib, u yerdagi xodimlardan ularni yolg‘iz qoldirishni so‘ragan. Keyin ikkalasi xonaga kirib, eshikni yopgan. Shundan so‘ng ichkaridan o‘q ovozlari eshitilgan. Mikki Staynz xonadan qo‘llarini ko‘targan hola chiqib, politsiyachiga taslim bo‘ldi.
Qotillik motivlariga rasman aniqlik kiritilmadi. AP nashri yozishicha, bunga sud binosida sherif va sudya o‘rtasida janjal chiqqani sabab bo‘lgan. Sherifga birinchi darajali qotillik aybi qo‘yildi. Politsiya favqulodda hodisa sodir bo‘lgan Uaytsburg shahridagi asosiy ko‘chani o‘rab oldi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, bir nechta maktablar ham qisqa muddatga yopilgan.
Kevin Mallinz 2009 yildan beri Kentukki 47-okrug sudining sudyasi lavozimida ishlab kelgan. U sud tizimi xodimlarining giyohvand moddalarga qaramligini davolash haqidagi targ‘ibotlari bilan tanilgandi. Mallinz ishtirokida ishlab chiqilgan giyohvandlikdan davolanayotganlarga yordam berish bo‘yicha maxsus dastur Kentukkining kamida 50 ta okrugida qabul qilingan.
Mavzuga oid
19:34 / 13.02.2026
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
19:09 / 13.02.2026
Davlatlararo vositachi: Epshteyn ishidagi siyosiy detallar
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
14:24 / 13.02.2026