Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Britaniyaning Golden Eagle Luxury Trains turistik kompaniyasi bilan birgalikda mamlakat qadimiy shaharlari bo‘ylab "O‘zbekiston xazinalari" nomli temiryo‘l vagonlarida hashamatli xush ko‘radigan britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar uchun tur tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Tur sayohatning "laksheri" segmentiga tegishli bo‘lib, go‘zallikning haqiqiy shaydolari uchun mo‘ljallangan.
Mamlakat bozorlari va ajoyib mozaik me’morchiligi bo‘ylab 11 kunlik sayohat, yurt diqqat sazovor hamda ommabop bo‘lgan Toshkent, Qo‘qon, Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Nukus, Xiva, Shahrisabz va Samarqand shaharlari bo‘ylab amalga oshiriladi.

Safar davomida O‘zbekistoning Britaniyadagi turistik brendi elchisi Sofi Ibbotson mehmon va ma’ruzachi sifatida xorijiy sayyohlarga hamrohlik qiladi hamda ularni eksklyuziv sayyohlik salohiyati bilan tanishtirib boradi.
Mavzuga oid
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
09:31 / 28.03.2026