Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer “ikkinchi Oy”ga ega bo‘ladi, faqat bu vaqtincha davom etadi
2024 PT asteroidi, Yerning tortishish kuchi vaqtincha ta’sir qiladigan trayektoriyada joylashgani sababli, qariyb ikki oy davomida sayyoramiz atrofida aylanadi.
Sentyabr oyi oxirida Yer ikkinchi oyga ega bo‘ladi, ammo bu atigi 57 kun davom etadi, deb ma’lum qildi olimlar.
Gap shundaki, gravitatsion tortishish natijasida Yer 2024 PT asteroidini “tutib oladi”. U 29 sentabrdan 25 noyabrgacha sayyora bilan birga bo‘ladi. Shu vaqtda asteroid Yer atrofida xuddi kichik Oy kabi aylanadi. Keyin asteroidlar kamariga qaytadi.
2024 PT Yerning to‘liq orbitasi bo‘ylab aylanmaydi, qolaversa, u juda kichkina, kengligi atigi 10 metr, shuning uchun jismni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Hatto shaxsiy teleskoplar ham yordam bermasligi mumkin, uni ko‘rish uchun professional asbob-uskunalar talab etiladi. Olimlar mini-Oy Yer orbitasiga faqat 2055 yilda qaytib kelishini aytmoqda. So‘nggi marta u 2006 va 2020 yillarda kuzatilgandi.
Avvalroq xitoylik olimlar Yerni xavfli asteroid zarbalaridan himoya qilishning yangi usulini topgandi. Ularning ta’kidlashicha, asteroidlarning Yer bilan potensial to‘qnashuvi yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olishga yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
07:39 / 16.02.2026
Yerning yashirin geografiyasi: botanik qit’alar
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025