Xitoylik olimlar Yerni asteroid zarbalaridan himoya qilişning yangi usulini topdi. Xitoy Kosmik texnologiyalar akademiyasining Pekindagi Kosmik kema tizimlarini işlab çiqiş instituti mutaxassislari buning uçun yadro qurolidan foydalanişni taklif qilmoqda.

Ularning ta’kidlaşiça, asteroidlarning Yer bilan potensial töqnaşuvi yuz berişi mumkin bölgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olişga yordam berişi mumkin. Tadqiqot Xitoyning Scientia Sinica Technologica ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqot mualliflariga köra, asteroidning Yer bilan töqnaşiş ehtimoli osmon jismlari haqida “mavjud ma’lumotlar asosida qilingan hisob-kitoblardan ança yuqori”. Hozirda 30 mingdan ortiq asteroid röyxatga olingan, ammo olimlarning fikriga köra, bu faqat aysbergning uçi bölişi mumkin. Röyxatga olinmagan kosmik obektlarning aksariyati nihoyatda katta, diametri 1 kilometrdan ortiq çiqişi mumkin.

Şu sababli yadro qurolidan foydalanib sayyorani himoya qiliş böyiça tadqiqotlarni iloji boriça tezroq boşlaş kerak, deb ta’kidladi xitoylik mutaxassislar.

Olimlar turli xildagi asteroidlarga taşqi tomondan ta’sir körsatib, ularni öz trayektoriyasini özgartirişga majburlovçi bir neça usullarni tahlil qildi. Ular qatorida, kuçli lazerlar, raketa yoki plazma dvigatellari yordamida ta’sir ötkaziş, kinetik zarba beriş va şunga öxşaş çoralar körib çiqildi.

Ammo tahlillardan ma’lum bölişiça, agar asteroid aniqlangan kundan uning Yer bilan potensial töqnaşuviga qadar atigi bir hafta vaqt qolgan bölsa, u holda insoniyatning yagona umidi yadro qurolidir.

Tadqiqotda bunday himoya uçun zarur böladigan texnologiyalar ham sanab ötilgan: xususan, 7 kundan 1 oygaça bölgan öta qisqa vaqt oraliğida Yerdan yadro kallaklarini tezkor uçiradigan; uzoq parvozdan söng 100 metrdan kam xatolik bilan aniq zarba beradigan; jangovar kallaklarni Yer orbitasiga 10 yildan ortiq vaqt davomida xavfsiz qaytarişni kafolatlaydigan texnologiyalar.

Tadqiqot mualliflari koinotda yadro qurolidan foydalaniş yoki uni joylaştirişni taqiqlovçi xalqaro qonunlardan xabardor. Bundan taşqari ular radioaktiv qoldiqlar kosmik böşliqni ifloslantirişi mumkinligini ham yaxşi biladi.

Ammo tadqiqot natijalariga tayanayotgan olimlar yadro quroli Yerni himoya qilişda juda samarali ekanini ta’kidlamoqda. Qolaversa, asteroidlardan kelib çiqadigan potensial xavflarning oldini oliş uçun eng maqbul yöl — yadro qurollariga asoslangan global mudofaa tizimini yaratiş bölişi mumkin, deya qöşimça qildi ular.