O‘zbekiston | 08:50
632
2 daqiqa o‘qiladi

Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining "Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Uning asosiy vazifalari:

  • yangi ilmiy asoslangan so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish;
  • o‘zbek tiliga kiritilgan yangi atamalarning huquqiy muammolarini o‘rganish;
  • huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilingan ma’nolariga muvofiq bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash;
  • yangi so‘z va atamalardan foydalanish sohasida boshqa tillar qoidalari tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • respublika ijro hokimiyati markaziy apparatlari va xo‘jalik birlashmalarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Atamalar komissiyasining ishchi organi - Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.

Respublika ijro hokimiyati markaziy apparatlari va xo‘jalik birlashmalarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi ishchi guruhlarning vazifalari belgilandi. Ular tegishli sohalarda terminologiya rivojlanishi masalalarini tahlil qilib, har olti oyda va yil yakunida Komissiyaga hisobot beradi.

Mavzuga oid