Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Uning asosiy vazifalari:

  • yangi ilmiy asoslangan söz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritiş;
  • özbek tiliga kiritilgan yangi atamalarning huquqiy muammolarini örganiş;
  • huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilingan ma’nolariga muvofiq bir xilda va töğri qöllanilişini ta’minlaş;
  • yangi söz va atamalardan foydalaniş sohasida boşqa tillar qoidalari tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan nomuvofiqliklarni bartaraf etiş çoralarini köriş;
  • respublika ijro hokimiyati markaziy apparatlari va xöjalik birlaşmalarida jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi işçi guruhlar faoliyatini muvofiqlaştiriş.

Atamalar komissiyasining işçi organi - Fanlar akademiyasining Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti.

Respublika ijro hokimiyati markaziy apparatlari va xöjalik birlaşmalarida jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi işçi guruhlarning vazifalari belgilandi. Ular tegişli sohalarda terminologiya rivojlanişi masalalarini tahlil qilib, har olti oyda va yil yakunida Komissiyaga hisobot beradi.