Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Germaniyada Ukraina bo‘yicha xalqaro uchrashuv o‘tkazilishini e’lon qildi
AQSh prezidentining Germaniyaga tashrifi doirasida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishi "Ramshtayn" formatida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Oq uy. Bayden Germaniyaga oktyabr oyi o‘rtalarida uchib boradi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro aloqa guruhining "Ramshtayn" formatida navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. AQSh raisligidagi muzokaralar Germaniyada bo‘lib o‘tadi, u yerda Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi 50 dan ortiq davlatning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi 26 sentabr, payshanba kuni Oq uy.
Vashington aloqa guruhining uchrashuvi qayerda bo‘lishini ma’lum qilmadi, biroq u Amerikaning Ramshtayndagi harbiy bazasida o‘tkazilishi kutilmoqda, deya qayd etadi dpa.
Bayden Germaniyaga oktyabr oyi o‘rtalarida tashrif buyuradi. U Germaniya kansleri Olaf Shols va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashishi, so‘ng Ramshtayn harbiy bazasiga borishi kutilmoqda.
Baydenning Berlinga birinchi tashrifi
Bu Baydenning prezidentlik muddati boshlanganidan beri Berlinga birinchi tashrifi va ikki tomonlama munosabatlar doirasidagi Germaniyaga ilk safari bo‘ladi. Nemis OAV xabar berishicha, u 10-12 oktyabr kunlari uch kun davom etadi. AQSh prezidenti Barak Obama Berlinga oxirgi marta shunday tashrif bilan sakkiz yil avval kelgan edi. Shu bilan birga, 2022 yilda Bayden Bavariyaning Elmau shahrida bo‘lib o‘tgan G7 sammitida ishtirok etdi va 2023 yilda Ramshtayn harbiy bazasiga qo‘nib o‘tdi.
Der Spiegel nashrining yozishicha, tashrif doirasida Bayden, Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘rtasida to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025