Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi barpo etiladi
Xivada temiryo‘l vokzali yonidan uzunligi 450 metr bo‘lgan yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi. Loyiha shaharni shimoliy va janubiy qismlarga ajratib qo‘ygan alleya noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Xiva temiryo‘l vokzali yaqinida 450 metr uzunlikdagi yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi. Bu haqda prezidentga taqdim etilgan loyihalar taqdimotida so‘z bordi.
Bu yo‘l «transportlar qatnovini alohida tashkil etish imkonini beradi, vokzal va «Ichan qal’a» o‘rtasida piyodalar xavfsiz harakatlanadi».
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov vokzal yaqinidagi xiyobonni saqlab qolgan holda yangi yo‘l qurilishini ma’lum qildi.
«Xiva shahrida ilgari qurilgan zamonaviy temiryo‘l vokzal yonida katta alleya barpo etilgan edi. Buning natijasida shaharning shimoliy va janubiy qismlari ajralib qolgandi. [Prezident] transport vositalarida harakatlanuvchi aholiga qulaylik yaratishni ta’minlash hamda shahar ikki qismga ajralib qolganining hisobiga yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergandilar. Bugun shahar vokzal oldida barpo etilgan, Xivaning qadimiy qal’alari bilan bog‘lanib ketgan alleyani saqlab qolgan holda yerosti yo‘li qurish bo‘yicha taqdimotimizni ma’qulladilar», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu loyihani 2025 yildan boshlash bo‘yicha topshiriq bergan.
Bu yerosti yo‘li madaniy meros obektlariga umuman zarar yetkazmaydi. Yo‘lning uzunligi 450 metr — 50 metri yopiq, 400 metri ochiq galereya shaklida quriladi.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026