Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi
Prezident matbuot xizmati u boshqa ishga o‘tayotganini ma’lum qilgan. “Komil Allamjonov yurtimizda so‘z erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan, Komil Ismoilovich Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov u «boshqa ishga o‘tayotgani»ni xabar qilgan.
«Komil Allamjonov yurtimizda so‘z erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan ko‘p sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman», deyilgan xabarda.
Komil Allamjonov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini, 2010 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005–2013 yillarda Soliq qo‘mitasida ishlagan.
Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bo‘lgan, 2018 yil noyabrida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga rahbar bo‘lgan (2019 yil fevralidan bu tashkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta tashkil etilgandi).
U 2020 yil yanvar oyida Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi sifatida ish boshlagan, 2022 yil iyulida prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar bo‘lgandi.
2023 yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimida ishlayotgandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin: «Kurskda asir tushganlarga terrorchilardek munosabatda bo‘linadi»
Jahon | 18:08
-
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi
O‘zbekiston | 17:56
-
Kutilmagan tuhfa, oliy mukofot, o‘zbekcha gapirgan Makron - O‘zbekiston–Fransiya munosabatlarida yangi sahifa
O‘zbekiston | 17:53
-
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 17:39
Mavzuga oid

15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi

14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov

14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi

13:34 / 12.02.2025