Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari ishlab chiqaradi
Rossiya korxonasi O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkin.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning “Treaton” korxonasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha direktori Anton Yuzerovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kompaniya vakili bilan suhbatda investitsiyaviy sohada ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Suhbatdoshga O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, shuningdek, respublikada sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Anton Yuzerovich O‘zbekiston bilan o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
“Agar O‘zbekiston tomoni manfaatdor bo‘lsa, kompaniya ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish orqali mazkur tibbiy asbob-uskunalarni respublika hududida yig‘ishni tashkil etishi mumkin”, dedi u.
Muloqot yakunida ushbu loyihani hayotga tatbiq etish masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida “Treaton” korxonasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026