O‘zbekistonda Apple Pay, Google Pay va PayPal ishlay boshlaydi
Turizmni rivojlantirishga oid hukumat qarori bilan, Markaziy bankka shu yil oxirigacha PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay va Google Pay kabi xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari bilan muzokara o‘tkazib, ularni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulash choralarini ko‘rish topshirildi. Transport vazirligi esa Hertz, Avis va Sixt kabi avtoijara kompaniyalarini taklif etishi kerak.

Foto: Getty Images
26 sentabr kuni turizmni rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilingan. Qaror lex.uz portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yil yakuniga qadar:
- avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar (Hertz, Avis, Sixt kabi) faoliyatini mamlakatning aeroport va temir yo‘l vokzallari hududlarida yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratish choralari ko‘riladi; (ijrochilar: Transport vazirligi va Turizm qo‘mitasi)
- hududlar bo‘yicha turistik yo‘nalishlar va obektlarni qamrab oluvchi ro‘yxat shakllantirilib, Apple va Google xalqaro xaritalarga taqdim etiladi va muntazam ravishda reyestr yangilab boriladi; (ijrochilar: Turizm qo‘mitasi va Raqamlashtirish vazirligi)
- xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari (PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara o‘tkazilib, ushbu vositalar O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulanadi, zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi (ijrochilar: Markaziy bank, Raqamlashtirish vazirligi va Turizm qo‘mitasi).
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44 / 01.06.2025
Mavzuga oid

13:44 / 30.05.2025
Yilning birinchi choragida salkam 1 mlrd dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatildi

15:01 / 28.05.2025
Taniqli jurnalist va bloger O‘zbekistonning Kuvaytdagi turizm elchisi etib tayinlandi

17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin

12:13 / 21.05.2025