Jahon | 08:10 / 02.10.2024
8006
1 daqiqa o‘qiladi

Tel-Avivda ikki kishi o‘tkinchilarga qarata o‘t ochdi

Tel-Aviv janubiy chekkasidagi Yaffoda sodir etilgan hujumda olti kishi halok bo‘ldi, kamida to‘qqiz kishi yaralandi. Hujumchilar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘ldirilgan, deb yozadi The Jerusalem Post.

Foto: The Jerusalem Post

1 oktyabr, seshanba kuni Tel-Aviv janubiy chekkasidagi Yaffoda sodir bo‘lgan otishmada olti kishi halok bo‘ldi, kamida to‘qqiz kishi yaralandi, deb xabar berdi politsiya. Yaradorlardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Ikki kishi o‘tkinchilarga qarata avtomatlardan o‘q uzgan. The Jerusalem Post nashrining xabar berishicha, hujumchilar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

Isroil matbuotiga ko‘ra, hujumchilar ko‘chada o‘t ochishdan oldin tramvayda o‘q uzgan, ular chiqishda kuzatuv kamerasi tomonidan tasvirga olingan. Politsiya voqea sodir bo‘lgan hududda otishma sodir etganlarning kamida yana bir sherigi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Tel-Avivdagi otishma Eron tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli raketa hujumi sababli Isroilda havo trevogasi e’lon qilinishi fonida sodir bo‘ldi. Isroilga jami 200 ga yaqin raketa uchirildi.

Mavzuga oid