Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 iyuldan Isroilga parvozlarni qayta tiklaydi.

«2025 yil 1 iyuldan boşlab Toşkent – Tel-Aviv – Toşkent yönalişidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oşiriladi», deyiladi kompaniyaning bayonotida.

Avvalroq, Isroilning Tel-Aviv şahri xalqaro aeroportida havo hududidan foydalaniş böyiça joriy etilgan çeklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025 yil 16 iyundan 30 iyungaça Toşkent–Tel-Aviv–Toşkent yönalişidagi reyslarni vaqtinça töxtatgan edi.

Şuningdek, Isroil-Eron ziddiyatining kuçayişi ortidan Isroil davlati bilan aviaqatnovlar vaqtinça töxtatilgani haqida Özbekistonning Isroildagi elçixonasi ham xabar bergan edi.