Iqtisodiyot | 12:51 / 03.10.2024
1195
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tovar aylanmasi sezilarli tarzda o‘smoqda

O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tovar aylanmasi sezlilarli tarzda o‘sish namoyish etmoqda. Bu haqda Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosari Shohin Mustafoyev Bokuda nishonangan O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirda qayd etgan.

Foto: Trend.az

Trend.az xabariga ko‘ra, tadbirda savdo, iqtisodiyot investitsiyalar sohasidagi hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etilgan.

«Joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida zaro tovar ayriboshlash hajmi 28 foizga (yoki 135,4 mln AQSh dollariga) o‘sgan. Ikki davlat rahbarlari tomonidan qo‘yilgan vazifalarga muvofiq hukumatlar bu yo‘nalishda bizning boy salohiyatimizni ro‘yobga chiqarish uchun izchil harakat qilmoqda», — degan Shohin Mustafoyev.

Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosarining qayd etishicha, avgust oyida ikki davlat rahbarlarining biznes tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvi shu nuqtayi nazarda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Davlatlarimiz prezidentlari 2025 yilni “Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yili” deb e’lon qilishga kelishib olishgan”, — degan Mustafoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biroz avval tuzilgan va nizom jamg‘armasi 500 mln AQSh dollari bo‘lgan Qo‘shma investitsiyaviy fond ham shu maqsadlarga xizmat qiladi.

«Shunisi quvonarliki, fondga allaqachon muayyan loyihalar taqdim etilgan», — degan Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosari Shohin Mustafoyev.

Mavzuga oid