Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi
Rossiya hukumati vakili xorijiy mehnat resurslari Rossiyaga kerakligi, ammo bu mutlaqo qonuniy ravishda amalga oshirilishini ta’kidladi.
Endi Rossiyada noqonuniy migratsiya bo‘lmaydi, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin. Uning so‘zlarini «RIA Novosti» keltirdi.
Xusnullin bu haqda Tojikistonda o‘tkazilgan ikki davlat hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishidan keyin gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehnat resurslari bilan ish davom etadi, chunki ular mamlakatga kerak. Ammo bu mutlaqo qonuniy ravishda amalga oshiriladi. Shuningdek, Rossiya va Tojikiston «ikki davlat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha harakatlarni belgilash uchun» ishchi guruh tuzishi kerak.
«Bu biz kim kelayotganini, qanday kelayotganini tushunishimiz va yordam ko‘rsatishimiz uchun zarur», dedi Xusnullin. «Biz barcha hal qilinmagan muammolarni hal qilamiz», deb ishontirdi u.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari 5 fevraldan boshlab Rossiya qonunchiligi bu sohada jiddiy o‘zgarishlarga duch kelayotganini eslatdi.
O‘z navbatida, Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda Dushanbe «migratsiya sohasini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar davomida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining Rossiyada keng miqyosda buzilishi tendensiyasidan xavotirda», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «xavfsizlikni ta’minlash» degan keng va noaniq ifoda ostida Tojikiston fuqarolarini kiritmaslik, kirishni taqiqlash va deportatsiya qilish holatlari ko‘paymoqda.
«Rossiya chegaralariga kiraverishda fuqarolarimiz soatlab va hatto kunlar davomida ushlab turilmoqda, ular orasida rasmiy delegatsiya a’zolari, talabalar, qariyalar va bolalar ham bor», dedi Rasulzoda.
«Biz migratsiya sohasida do‘stona xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlaydigan va mamlakatlarimiz iqtisodiyotiga foyda keltiradigan chinakam samarali yechimlarga o‘tishimiz kerak», deb qo‘shimcha qildi Rasulzoda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada 630 mingdan ortiq noqonuniy migrant bor edi. 3,5 million mehnat migranti mamlakatda qonuniy ravishda bo‘lib, ularning aksariyati O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolaridir.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026