Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 27 nafar bolani tashiyotgan Damas aniqlandi
Haydovchi bog‘chaning mashinasi buzilib qolgani tufayli ilojsizlikdan shunday qilganini aytib, holat boshqa qaytarilmasligiga va’da bergan.
Qoraqalpog‘istonda Damas haydovchisi 27 nafar kichik yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Hudud dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, avtomobil YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganda haydovchi bolalarni bog‘chadan olib qaytayotgani ma’lum bo‘lgan. Unga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Haydovchi bog‘chaning mashinasi buzilib qolgani tufayli ilojsizlikdan shunday qilganini aytib, holat boshqa qaytarilmaslikka va’da bergan.
Ko‘rsatuvda ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘istonda yil boshidan buyon bolalar bilan bog‘liq 57 ta YTH sodir bo‘lgan, oqibatida 9 nafar bola vafot etgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026