Jamiyat | 15:08 / 07.10.2024
1159
2 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi maktablardagi muammolarni o‘rganmoqda

To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov hamda IIB boshlig‘i Ulug‘bek Murodillayev 48-davlat maxsus ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga sovg‘alar bilan kelib bolalardan xabar olishdi.

Sinf xonalariga kirib, o‘g‘il-qizlarning o‘qishini kuzatishdi. Yotoqxonalarda yaratilgan sharoit, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari o‘rganildi.

Bu yerda viloyatning turli hududlaridan kelgan 292 nafar imkoniyati cheklangan o‘g‘il-qizlar ta’lim-tarbiya oladi. Ular maktab ta’limidan tashqari, duradgorlik, to‘quvchilik, zardo‘zlik, bog‘dorchilik hunarlarini ham o‘rganishadi.                                    

- Biz sizlarga ikki karra ko‘proq e’tibor qaratamiz. Davlatimizning g‘amxo‘rligiga biz ham hissador bo‘lishga burchlimiz, - dedi tuman rahbari.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev tuman va shahar hokimlariga har haftada maktablardan xabar olish, muallimlar bilan yaqindan suhbat qurib, mavjud muammolarni hal etish topshirig‘ini bergan edi.

Mavzuga oid