7 avgust kuni xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi. 

Viloyat rahbari keyingi yillarda Mingbuloq tumanida olib borilgan işlar, erişilgan yutuqlar barobarida, islohotlarni amalga oşirişda yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni sohalar böyiça birma-bir tahlil qildi.      

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Mingbuloq tumani hokimi Nurşod Nurmamatoviç Xudoyberdiyevni lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladi. 

«Sessiyada hududni rivojlantiriş, odamlarning bugunidan rozi bölib yaşaşlariga erişiş uçun amalga oşirilişi lozim bölgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bu işlarni amalga oşiriş uçun tumanga yangi hokim zarurligi ta’kidlandi. 

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Ahror Ahmadaliyeviç Mansurovni Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarorini bir ovozdan tasdiqlagan.

Ahror Mansurov 1988 yilda Mingbuloq tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda Mingbuloq tumani davlat notarial idorasi notarius yordamçiligidan boşlagan.

Şuningdek, Namangan viloyati adliya boşqarmasida turli vazifalarda, viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi boş mutaxassisi, guruh rahbari, Prezident administratsiyasi yetakçi inspektori, Namangan viloyati hokimi örinbosari — mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği vazifalarida faoliyat yuritgan.

  • Ahror Mansurov 2022 yil martida viloyat hokimi örinbosarligidan Töraqörğon tumani hokimligiga ötkazilgandi.
  • Mingbuloq tumaniga 2019 yil martidan buyon rahbarlik qilib kelgan Nurşod Xudoyberdiyev 2024 yil iyulida prezident raisligidagi yiğilişda lavozimidan ozod etilgandi.