Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessada RF raketasi fuqarolik kemasiga borib urildi
OPTIMA kemasiga zarba natijasida 60 yoshli ukrainalik halok bo‘ldi, yana besh nafar chet el fuqarosi yaralandi, dedi Odessa OHM rahbari.
7 oktyabr, dushanba kuni Rossiya qo‘shinlari Odessa portidagi infratuzilmaga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, raketalardan biri Palau bayrog‘i ostidagi OPTIMA fuqarolik kemasiga borib urilgan.
Hujum natijasida 60 yoshli ukrainalik halok bo‘ldi, yana besh nafar chet el fuqarosi yaralandi, dedi Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. «Rossiyalik terrorchilar yana bir bor Ukraina don yo‘lagi ishini buzishga urinmoqda», — deb yozdi u Telegram-kanalida.
Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Kuleba bu oxirgi bir necha kun ichida Odessa oblasti portlarida hujumga uchragan ikkinchi fuqarolik kemasi ekanligini ta’kidladi. «Shunday qilib, tajovuzkor yana Qora dengizdagi yuk tashishni yo‘q qilishga va Ukrainaning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazishga urinmoqda», dedi Kuleba. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining bunday hujumlari oqibatida oziq-ovqat importiga qaram bo‘lgan mintaqalarda beqarorlik kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:39 / 19.05.2026
Rossiya Izmail, Dnipropetrovsk va Xarkivga hujum qildi
08:40 / 13.05.2026