Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Foto: Markaziy bank
Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Markaziy bankning Valutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Abror Mirzo Olimov zimmasiga xalqaro hamkorlik, valutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatildi. Shuningdek, u Respublika Valuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.
Abror Mirzo Olimov 1988 yilda tug‘ilgan. 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020 yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan. U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.
Bundan avvalroq, 2019 yildan Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bobir Abubakirov 2024 yil 25 sentabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
20:16 / 17.01.2026
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
11:59 / 15.01.2026
Yangi bank'ning litsenziyasi bekor qilindi
19:58 / 14.01.2026
10 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llandi
12:24 / 10.01.2026