Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi
«Ukraina yolg‘iz emas va biz uni kerak bo‘lgunicha qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Italiya bosh vaziri Jorja Meloni. Ukrainani qayta tiklash konferensiyasi 2025 yilning 10-11 iyul kunlariga belgilangan.
2025 yilda Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya Italiyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 10 oktyabr, payshanba kuni Rimda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng bosh vazir Jorja Meloni ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbir 10-11 iyul kunlariga mo‘ljallangan.
«Ukraina yolg‘iz emas va biz uni kerak bo‘lgunicha qo‘llab-quvvatlaymiz», — deya Meloni so‘zlarini keltiradi AFP. Unga ko‘ra, Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi Kiyevga «taslim bo‘lish varianti bo‘lmaydigan tinchlik uchun muzokaralarni boshlashda eng yaxshi imkoniyat» berishi kerak.
Avvalroq, Ukrainani tiklash bo‘yicha shunga o‘xshash konferensiyalar Londonda (2023 yil 21-22 iyun) va Berlinda (2024 yil 11-12 iyun) bo‘lib o‘tgan. 2024 yil 15-16 iyun kunlari Shveytsariyaning Byurgenstok kurort shahrida Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasi ham o‘tkazildi.
Volodimir Zelenskiyning Yevropaga safari
Rimga borishdan oldin Volodimir Zelenskiy Londonga tashrif buyurdi, u yerda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan, Parijda esa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazdi. Zelenskiy uning Yevropa poytaxtlariga safari Rossiya bilan ehtimoliy sulh shartlarini muhokama qilish niyatiga bog‘liqligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Men ba’zi ommaviy axborot vositalarida sulh haqida gapirish uchun kelganim yozilganini ko‘rdim, bu yolg‘on ma’lumot», dedi Ukraina prezidenti Makron bilan uchrashuvdan keyin. Zelenskiyning fikricha, bunday mish-mishlarning tarqalishi ortida Rossiya turibdi.
Shu bilan birga, u ittifoqchilarni Ukrainaga yordam berishni davom ettirishga chaqirdi: «Bizga qishgacha yordam kerak».
11 oktyabr kuni ertalab Zelenskiy Vatikanda Rim papasi Fransisk bilan uchrashishi kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida u Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan ko‘rishishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026