O‘zbekiston | 12:00
1862
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etish uchun Dushanbe shahrida bo‘lib turibdi.

Konferensiya avvalida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahriga tashrif buyurgan barcha delegatsiya rahbarlarini qabul qildi.

Mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Eron, Belarus, Ozarboyjon hamda Armaniston davlatlarining parlamentlari rahbarlari tashrif buyurgan.

Mavzuga oid