Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
Rossiya va Xitoy Osiyo va Okeaniya yetakchilarining Janubiy Xitoy dengizi masalalari bo‘yicha taklif qilingan konsensus bayonotini rad etdi, dedi Reuters agentligiga AQSh rasmiysi.
Rossiya va Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlari tomonidan tayyorlangan Sharqiy Osiyo sammiti uchun taklif qilingan konsensus bayonotini blokladi, deb xabar berdi Reuters 12 oktyabr, shanba kuni o‘z ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiyga tayanib. Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan blokka asosan bahsli Janubi-Xitoy dengizi bo‘yicha iboralarga nisbatan e’tirozlar sabab bo‘lgan.
10 ta davlatdan iborat ASEAN konsensusi asosida ishlab chiqilgan bayonot loyihasi 10 oktyabr kuni kechqurun Laosda bo‘lib o‘tgan Sharqiy Osiyoning 18 davlati yig‘ilishida taqdim etildi, dedi agentlik suhbatdoshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston vakillari loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan, biroq rossiyaliklar va xitoyliklar bu bayonotni «qabul qilolmasligini va qabul qilmasligini» aytgan.
Reuters ta’kidlaganidek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Ventyandagi matbuot anjumanida yakuniy deklaratsiya «AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning uni sof siyosiy bayonotga aylantirishga bo‘lgan doimiy urinishlari» tufayli qabul qilinmaganini aytdi.
Mavzuga oid
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026