Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa rahbari: GFRga parvozlar soni qisqarishda davom etadi
Lufthansa bosh ijrochi direktori Karsten Shpor aviakompaniyalar Ryanair va Eurowings kabi Germaniya orqali parvozlar sonini qisqartirishda davom etishidan xavotirda. Sababi - soliqlar juda yuqori.
Lufthansa rahbari Karsten Shpor aviakompaniyalar Germaniya orqali parvozlar sonini qisqartirishda davom etishidan xavotirda. Sababi, Germaniyada aviakompaniyalar uchun soliq va to‘lovlar juda yuqori, dedi Shpor 12 oktyabr, shanba kuni chop etilgan Bild nashriga bergan intervyusida.
«Davlat to‘lovlarining haddan tashqari o‘sishi ta’minotning (havo parvozlari bozorida) pasayishda davom etishiga olib keladi, tobora ko‘proq aviakompaniyalar Germaniya aeroportlaridan parvoz qilishdan qochmoqda yoki ular orqali muhim tutashishlarni bekor qilmoqda», — dedi Lufthansa rahbari. U hozirgi vaziyatdan juda xavotirda ekanligini ta’kidladi.
Berlin iqtisodiy prognozni pasaytirdi va retsessiyani kutmoqda
Germaniya federal hukumati joriy yil uchun iqtisodiy prognozini o‘zgartirdi va dastlabki taxminlardan farqli o‘laroq, endi retsessiya davom etishini kutmoqda. 9 oktyabr kuni e’lon qilingan rasmiy prognoz 2024 yil oxiriga borib Germaniya yalpi ichki mahsuloti 0,2 foizga qisqarishini ko‘rsatmoqda.
Shunday qilib, bu yil uchun prognoz avvalgisiga nisbatan sezilarli darajada yomonlashdi, dedi Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek Berlinda. Bahorda Germaniya hukumati 0,3 foizlik iqtisodiy o‘sishni kutgan edi.
Buning sababi iste’mol talabining zaif o‘sishi, shuningdek, yuqori foiz stavkalari va beqaror geosiyosiy vaziyat tufayli kompaniyalarning past investitsion faolligi, deya ma’lum qildi hukumat.
Mavzuga oid
13:00 / 24.03.2026
Lufthansa Yaqin Sharqqa parvozlar taqiqini uzaytirdi
15:40 / 02.03.2026
Vadeful: “Bu mojaro yaqin kunlarda to‘xtamaydi”
11:43 / 11.02.2026
Lufthansa uchuvchilari 24 soatlik ish tashlash e’lon qildi
10:30 / 08.12.2025