O‘zbekiston | 08:20
4019
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr ta’minotida avariyaviy o‘chishga sabab bo‘layotgan holatlar o‘rganildi

Avariyalar oldini olishga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganilganda 112 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 356 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, energetika obektlarida elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy nazorat tadbirlar olib borilyapti.

Xususan, hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra 112 ta podstansiyalardagi elektr qurilmalarning 356 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari aniqlangan.

Energetika obektlaridagi mas’ul shaxslar tomonidan kontakt birikmalardagi qizishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilmayotgani oqibatida avariyaviy o‘chishlarga, uskunalarni shikastlanishiga va o‘z navbatida elektr ta’minoti buzilgan iste’molchilarni o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar rasmiylashtirilib, inspeksiya tomonidan tizim korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.

Mavzuga oid