O‘zbekiston | 18:57 / 16.10.2024
1180
3 daqiqa o‘qiladi

Startap loyihalar ekotizimini rivojlantirish haqidagi prezident qarori imzolandi

Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

«Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda rezident yuridik shaxslar quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar bilan ishtirok etishi mumkin:

- faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;

- kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard so‘mdan oshmagan;

- inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;

- raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori o‘sish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati bo‘lgan biznes modelga ega;

- startap loyihalar ekotizimi platformasida ro‘yxatdan o‘tgan;

- startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamg‘armalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar.

Qarorga ko‘ra, qiymati 50 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lgan xorijiy venchur jamg‘armalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investitsiyaga teng miqdorgacha bo‘lgan, biroq 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda investitsiya mablag‘larini ajratiladi.

Dastur ishtirokchilari quyidagicha qo‘llab-quvvatlanadi:

- 5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritayotgan hamda kamida 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilgan yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish;

- inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha bo‘lgan, biroq 50 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab berish;

- patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini qoplab berish;

- venchur jamg‘arma tomonidan garov ta’minotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million so‘mgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablag‘larini ajratish;

- IT-Visa berish amaliyotini startap loyihalarning ta’sischilari va mutaxassislariga ham tatbiq etish.

Mavzuga oid