Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etiladi
Dastlabki rejaga ko‘ra, bulvar o‘z ichiga gastronomik, sport, savdo va bolalar uchun mo‘ljallangan hududlarni oladi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar bulvari tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi va tadbirkorlarni davlat-xususiy sherikligi (DXSh) asosida barpo etiladigan jamoat savdo-ko‘ngilochar bulvarini yaratish bo‘yicha ekologik loyihada ishtirok etishga taklif qildi.
Qayd qilinishicha, bulvar bolalar bilan dam olish, gastronomiya, ko‘ngilochar tadbirlar va shahar hayoti birlashadigan joy bo‘ladi va loyiha dastlabki rejaga ko‘ra quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- gastronomik hudud: qahvaxonalar, restoranlar, tez taomlar va boshqalar;
- sport hududi: fitnes markazi, basketbol maydonchasi, futbol maydoni va ko‘cha sporti uchun boshqa inshootlar, shuningdek, sport tovarlari do‘konlari;
- savdo hududi: kiyim-kechak do‘konlari, eko bozor va boshqa savdo binolari;
- bolalar ko‘ngilochar hududi: batut markazi, o‘yin maydonchalari va bolalar avtodromi.
Loyihada Toshkent shahri hokimligi bilan birga «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ ham ishtirok etadi. Obekt davlat-xususiy sheriklik sharoitida investorga uzoq muddatga ijaraga topshirilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026