O‘zbekiston | 11:40 / 18.10.2024
1802
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Malayziya bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi

O‘zbekiston diplomatlari Malayziyaning SRI Ternak Group kompaniyalar guruhi bosh direktori Raymond Xo bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda O‘zbekistondan Malayziya bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish istiqbollari muhokama qilindi.

Raymond Xo kompaniya supermarketlari rastalarida O‘zbekistonning sarxil va quritilgan meva-sabzavotlari, qandolat mahsulotlari va turli qayta ishlangan oziq-ovqatlar ham sotilishi mumkinligi borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Malayziyaning ulgurji va chakana savdo kompaniyalari vakillari o‘rtasida onlayn muloqot uyushtirish, Kuala-Lumpur shahri yoki Selangor shtatida SRI Ternak Group kompaniyasi supermarketlaridan birining hududida respublikada ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish hamda mazkur tadbir doirasida ikkala mamlakatning mazkur sohalarda yetakchi eksportyor va importyor kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid