Jahon | 21:36 / 19.10.2024
3052
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vazirining qarorgohidan Shekspir portreti olib tashlandi

Leyboristlar hukumati hokimiyatga kelganidan beri Dauning-stritdan Yelizaveta I, ingliz sayohatchisi ser Uolter Reli, shuningdek, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherning portretlari ham olib tashlangan.

Foto: Hukumat san’ati to‘plami

Britaniya yangi bosh vaziri Kir Stamerning topshirig‘iga ko‘ra, buyuk ingliz shoiri va dramaturgi Uilyam Shekcpir portreti Dauning-strit qarorgohi zalidan olib tashlandi, deb xabar beradi The Telegraph.

Mazkur portret Luis-Fransua Rubiliak tomonidan chizilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Leyboristlar hukumati hokimiyatga kelganidan beri Dauning-stritdan Yelizaveta I, ingliz sayohatchisi ser Uolter Reli, shuningdek, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherning portretlari ham olib tashlangan.

«Kir Starmer o‘z qarorgohidan Uilyam Shekspirning portretini oldirib tashladi — bu bosh vazir davrida olib qo‘yilgan mamlakatning yana bir buyuk arbobining tasviridir», — deb yozadi The Telegraph.

Konservativ partiyaning sobiq madaniyat vaziri Oliver Dauden holatga munosabat bildirdi: «Bosh vazir o‘zining vatanparvarligi haqida bong urib, saylovlarni o‘tkazdi, ammo endi esa u so‘llarning o‘tmishimizdan uyalish kabi ta’siriga tushmoqda».

Uning ta’kidlashicha, Dauning-strit har yili minglab tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bosh vazir qarorgohidan inglizlarning eng buyuk yozuvchisini dunyoga tanitishda foydalanish kerak, tor fikrlashda emas.

Dauning-strit interer o‘zgarishiga izoh bermasligini, ammo yangi bosh vazir yoki boshqa yuqori martabali davlat amaldorlari o‘zlariga tegishli xonalarni o‘zgartirishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Shekspirning ko‘plab pesalari Yelizaveta I boshqaruvi davrida yozilgan bo‘lib, u Jon Xokins kabi qaroqchilar orqali qullar savdosiga homiylik qilgan. Uning portreti ham endilikda Dauning-stritda osig‘liq emas.

Mavzuga oid