Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ma’muriyati rahbari Morgan Maksvini Piter Mandelson atrofidagi mojaro fonida iste’foga çiqdi. Bu haqda The Guardian gazetasi va Sky News telekanali yakşanba kuni, 8 fevralda öz saytlarida xabar berdi.

Sky News eslatişiça, lord Mandelson sentabr oyida elçi lavozimidan ozod etilgan, ammo u AQŞ Adliya vazirligi tomonidan amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn işi böyiça yangi hujjatlar e’lon qilinganidan söng yana jamoatçilik e’tibor markaziga tuşdi. Epşteyn voyaga yetmaganlarni fohişalikka majburlaşda aybdor deb topilgan edi. Piter Mandelson Britaniya hukumatida işlagan paytida Epşteyn bilan maxfiy ma’lumotlarni bölişgan.

Kir Starmerning eng yaqin safdoşlaridan biri sanaladigan Morgan Maksvini iste’fosi şunday izohlandi: aynan u Britaniya boş vaziriga Mandelsonni AQŞda elçi etib tayinlaşni tavsiya qilgan, endi esa bu uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmoqçi.

“Piter Mandelsonni tayinlaş haqidagi qaror xato bölgan. U bizning (Leyboristlar — tahr.) partiyamizga, mamlakatimizga va siyosatga bölgan işonçning öziga zarar yetkazdi”, — deya ta’kidladi Maksvini öz bayonotida.

Morgan Maksvini Kir Starmer Leyboristlar partiyasi raisi lavozimi uçun kuraşgan davrda uning saylov kampaniyasiga rahbarlik qilgan. Ma’muriyati rahbarining iste’fosi haqidagi bayonotida Kir Starmer Maksvini bilan işlaş uning uçun “şaraf” bölganini qayd etdi. Biroq Leyboristlar partiyasi içida unga munosabat bir xil emas. Sky News ma’lum qilişiça, Britaniya parlamentidagi köplab leyboristlar u “partiyaning söl qanotini çekkaga surib qöyapti” deb hisoblagan.

Piter Mandelson — 2004 yil noyabridan 2008 yil oktyabrigaça savdo masalalari böyiça yevrokomissar, 2025 yil fevraldan sentabrgaça esa Buyuk Britaniyaning AQŞdagi elçisi bölgan — bir neça kun oldin hokimiyatdagi Leyboristlar partiyasi safini tark etgan. The Guardian xabar berganidek, bunga “Epşteyn fayllari” deb atalgan e’lon qilingan materiallarda u göyoki amerikalik moliyaçi Epşteyndan 75 ming dollar olgani haqidagi ma’lumotlar sabab bölgan.

Jyeffri Epşteyn 2008–2009 yillarda fohişalikni taşkil etgani uçun jazo muddatini ötagan. 2019 yil 6 iyul kuni u voyaga yetmaganlarni fohişalikka majburlaş aybi bilan hibsga olingan, öşa yilning 10 avgust kuni esa Manhettendagi qamoqxonada, sudni kutib turgan paytida, kamerasida osilgan holda topilgan. 2025 yil dekabrda Epşteyn işi böyiça hujjatlarning birinçi qismi ommaga e’lon qilingan.