Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Xitoy kompaniyasi shu paytgacha yaratilgan robotlar orasida eng uzoqqa sakrovchi mashinani ishlab chiqdi. U katta masofaga sakragandan keyin ham muvozanatni saqlay oladi.
Xitoyning Unitree kompaniyasi ishlab chiqargan G1 guma roboti uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Robot turgan joyidan 1,4 metrga sakrashga muvaffaq bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bu odamsimon robot tomonidan amalga oshirilgan eng uzun sakrashdir.
Balandligi 1,32 metr bo‘lgan mexanizm uchun bu katta yutuq hisoblanadi. Biroq robotning odamlar bilan bellashishiga hali erta. Taqqoslash uchun, odamning turgan joyidan eng uzoqqa sakrash masofasi 3,73 metrni tashkil etadi. Ushbu rekordni 2015 yilda amerikalik Bayron Jons o‘rnatgan.
Unitree kompaniyasi G1 gumanoidining sakrashdan oldin qanday “qizishib olishini” ham ko‘rsatdi. Shu orqali kompaniya o‘z mahsulotining egiluvchanligi va harakatchanligini namoyish etdi.
Robotning ayrim bo‘g‘imlari 360 darajaga aylana oladi. Har bir sharnir 23 dan 43 darajagacha, mashina qo‘l-oyoqlari esa soniyasiga 2 metr tezlikda harakatlanishi mumkin. Robot 9000 mA/soatlik quvvatga ega batareya bilan jihozlangan bo‘lib, bu unga 2 soatgacha uzluksiz ishlash imkonini beradi. G1’ning narxi 16 000 dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Xitoyning Ecovacs brendi changyutgich-robotlari kutilmaganda uy egalari va uy hayvonlarini quvib, so‘kina boshlagani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
01:15
AQSh tez orada Xitoydagi sun’iy intellekt texnologiyalariga investitsiya kiritishni cheklaydi
20:18 / 21.10.2024
Hindiston va Xitoy chegaradagi keskinlikni yumshatishga kelishib oldi
22:54 / 19.10.2024
Si Jinping Xitoy armiyasini urushga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirdi - OAV
12:04 / 16.10.2024