Keyingi yilda «Yashil makon» dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratiladi
Shuningdek, cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish maqsadida 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi yilda «Yashil makon» dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratilishini e’lon qildi.
Qayd qilinishicha, endi daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sug‘orish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi.
Sug‘orish tizimi bo‘yicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi. Xususan, 27 ta tumanda sug‘orish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qazishga ruxsat beriladi. G‘allaorol tumanidagi tog‘larda qor-yomg‘ir suvini yig‘uvchi 10 ta geo-membrana o‘rnatilib, daraxtlarni sug‘orish tizimi yaratiladi. Bahorda 14 ta tumanning tog‘ va adir qiyaliklarida qavat-qavat qilib, terrasa usulida 500 gektarda daraxt ekish boshlanadi.
Viloyat hokimliklariga «Mening bog‘im» loyihasi bo‘yicha yashil bog‘ yaratishga kamida 1 gektar, yashil jamoat parki uchun yarim gektardan yer ajratish topshirildi.
Bu maydonlar ekish mavsumigacha «Ochiq budjet» portaliga qo‘yilib, daraxt turlari bo‘yicha tavsiya va ularning narxi ko‘rsatiladi. Bunda, parvarishlashda mas’uliyatsizlik qilgan shaxslarni mobil ilova orqali ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Hokimlarga barcha obodonlashtirish bo‘limlarini 20 tadan sug‘orish mini-texnikasi bilan ta’minlash topshirildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda chang bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘lmoqda.
Bunga global iqlim o‘zgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Cho‘llardagi o‘simliklar turlari ham keskin kamaygan.
Davlat rahbari aholi ko‘payib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga e’tibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan yilga ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.
Endi 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.
Qo‘mitaga yil yakunigacha cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024