Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Badantarbiya qilish, yugurish, velosiped haydash kabi odatlarni targ‘ib qilish, yengil kasalliklarni ham dori bilan tuzatishga o‘rganib qolishning oldini olish zarurligi qayd etildi. Bu yo‘nalishda tushuntirish ishlarini, ayniqsa 30 yoshdan katta aholiga mo‘ljallangan ommaviy dasturlarni ko‘paytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Sport vazirligiga 30 yoshdan katta aholini ommaviy sport bilan qamrab olish dasturini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Prezident «mahalla yettiligi»ni odamlarni jismoniy mashq, yurish, yugurish, velosiped haydashga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Professional va maktablarda faoliyat yuritayotgan sport trenerlarini mahallalarga biriktirish, tibbiyot brigadalari, oilaviy shifokor va poliklinikalar ishiga aholini to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini o‘rgatish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish muhimligi qayd etildi.
Mahallalarning jismoniy faollik reytingi tuzilishi, eng yaxshi mahalla va oilalarni rag‘batlantirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026