Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etdi
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov 2024 yil boshida BRIKSga qo‘shilish taklifini olgan Saudiya Arabistoni blokning to‘laqonli a’zosiga aylanmaganini tan oldi.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Qozonga valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon o‘rniga tashrif buyurgan podshohlik TIV rahbari Faysal bin Farxon Ol Saud «taklif etilgan davlat vakili sifatida ishtirok etadi».
«Ya’ni aytish mumkinki, Saudiya Arabistoni BRIKS sammitida emas, balki «Autrich/BRIKS Plyus»da ishtirok etadi», — deydi Rossiya prezidentining yordamchisi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlar uchun mo‘ljallangan kengaytirilgan format hisoblanadi.
Kreml yanvar oyida 2024 yildan boshlab Saudiya Arabistoni BAA, Efiopiya, Misr hamda Eron bilan birgalikda BRIKS tarkibiga qo‘shilganini e’lon qilgandi. Oradan ikki hafta o‘tgach podshohlik savdo vaziri Majid al-Kasabi Rossiya bayonotini rad etib chiqdi, Ar-Riyod esa BRIKSga a’zolik taklifi hamon ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
Shunga qaramay, Saudiya Arabistoni sammit taqdimotiga to‘laqonli a’zo sifatida kiritilgan. Dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biri bo‘lgan va Kremlning «qora oltin» bozoridagi asosiy sherigi hisoblanuvchi Saudiya Arabistonining maqomi — noaniq. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Qozondagi BRIKS sammiti ushbu davlatning pozitsiyasiga oydinlik kiritishi kerak.
Kreml Qozonda o‘tkazilayotgan sammitni Rossiya tarixida o‘tkazilgan eng muhim ahamiyatga ega tashqi siyosiy voqea deb e’lon qildi. Saudiyaning 39 yoshli valiahdi Muhammad bin Salmon sammitda ishtirok etish taklifini olgan dunyoning yana 14 yetakchisi bilan birga Rossiyaga borishdan bosh tortgan. Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiyaning «sheriklariga» g‘arb bosim o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026