Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi
Senatorlar Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, endilikda tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Faqat jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonun bilan Soliq kodeksiga yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi tushunchasi kiritilmoqda.

Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish uch kunlik muddatda amalga oshirilishi belgilanyapti. Bundan tashqari, barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno.

Mazkur toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazilmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, mazkur qonun soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan va qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
18:23 / 21.10.2025
Oshkora “reyderlik”: Bosh prokuratura departamenti tadbirkorlarning milliardlab pullarini g‘ayriqonuniy tarzda ushlab turibdi
15:11 / 19.09.2025
Pokiston O‘zbekistonda 50 mln dollardan ziyod loyihalarni amalga oshiradi
18:58 / 13.08.2025
Texnik nosozlik sabab soliq to‘lovchilardan qariyb 400 mlrd so‘m yechib olingani ma’lum bo‘ldi
11:12 / 13.08.2025