Qozondagi sammitda BRIKSning ramziy kupyurasi ko‘rsatildi. U ramziyligicha qoladimi?
AQSh va G‘arbning ayrim BRIKS davlatlariga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari ularni dollardan voz kechishga undayapti. Eng asosiy tashabbuskorlar – Rossiya va Xitoy. Ular xalqaro maydondagi AQShning moliyaviy hukmronligiga barham bera oladimi?

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRIKS sammitida yangi moliyaviy tizim qurish taklifi bilan chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi. The Economist bunga e’tibor qaratib, bundan asosiy maqsad – jahon moliyasi tizimidagi AQSh hukmronligiga zarba berish va yaqin yillar ichida BRIKS Bridge nomli tizim yaratish rejasi ishlab chiqilayotgani haqida yozdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan tashkilotning kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiya prezidentiga BRIKSning ramziy kupyurasini ko‘rsatishdi. Putin banknotni kulib qarshilab, uni Rossiya Markaziy banki raisi Nabiullinaga uzatdi. Kreml matbuot xizmati ramziy kupyurani “kvazipul” deb atab, uni BRIKS’ga a’zo mamlakatlar olib borayotgan hamkorlik ramzi deb ta’rifladi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, “kvazipul”ni sammitning rossiyalik ishtirokchilaridan biri tayyorlagan bo‘lib, u Nabiullinaga yoqmagan.
Kupyurada BRIKS ramzlari, unga a’zo davlatlarning bayroqlari tasvirlangan. Nominali – 100 million. Ramziy pulni Rossiya Savdo-sanoat palatasi chiqargan bo‘lishi mumkin.
Putin Rossiyaning dollarga qarshi kurashish maqsadi yo‘qligini alohida ta’kidlab, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun boshqa muqobil valuta ustida ish olib borilayotganini aytdi.
BRIKS Bridge tizimi nima?
BRIKS Bridge tizimi – BRIKS davlatlari o‘rtasida xalqaro savdoni rivojlantirish va moliyaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan texnologik platforma.
Bu tizim savdo-sotiqni milliy valutalarda amalga oshirish, to‘lovlarni tezkor va xavfsiz tarzda amalga oshirish hamda xalqaro moliyaviy operatsiyalarda AQSh dollariga qaramlikni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
BRIKS to‘lov tizimi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarni jalb qila oladigan arzonroq va tezroq tranzaksiyalarni ta’minlashi mumkin. Tranzaksiyalar milliy valutalarda amalga oshirilgani sababli tranzaksion xarajatlar kamayadi, bu esa savdo-sotiqni arzonroq va samaraliroq qilishi aytilmoqda.
G‘arb rasmiylari ham bu sxema sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun ishlab chiqilishi mumkinligidan xavotir bildirgan. Bu o‘z navbatida Qo‘shma Shtatlar pozitsiyasini zaiflashtiradi: Amerika xalqaro to‘lovlar uchun eng yirik markaz bo‘lgani tufayli sanksiyalar orqali boshqa davlatlarga ta’sir qilib keladi. Ya’ni BRIKS Bridge – SWIFT tizimiga alternativ bo‘lishi kerak.
Eng jiddiy tashabbus bu – fiat valutalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan raqamli pullardan foydalanish rejasi. Bu holatda transchegaraviy operatsiyalar markazida dollar kliringidan foydalanish imkoniyatiga ega banklar emas, balki markaziy banklar bo‘ladi. Bu esa hech bir mamlakat boshqasini moliya tizimidan uzib qo‘ya olmasligini anglatadi.
BRIKS Bridge tizimi hali ishlab chiqish bosqichida bo‘lib, kelgusida qanday natijalarga erishishi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka bog‘liq.
Dollarga muqobil yangi valuta yaratilishi mumkinmi?
BRIKS davlatlari so‘nggi yillarda AQSh dollariga muqobil valuta yaratish masalasini ko‘p bor muhokama qildi. Hozircha bu borada qilingan eng katta ish – ikki tomonlama savdo munosabatlarida milliy valutaga o‘tishning tezlashgani bo‘ldi. Masalan, Xitoy va Rossiya o‘zaro savdoda yuan va rublni ishlatish amaliyotini kengaytirdi. Bu dollarga qaramlikni kamaytirish uchun muhim qadamdir. Har ikkala davlat o‘z zaxirasini oltin hisobiga oshirib borayotgani ham shu bilan izohlanadi.
Ammo hozirgi sharoitda BRIKS davlatlarining iqtisodiy tizimi va valuta siyosati bir-biridan farq qiladi. Bitta valutaga o‘tish esa uzoq muddatli iqtisodiy va siyosiy kelishuvlarni talab qiladi. Bundan tashqari, tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiy qudrati va milliy valutalarining barqarorlik darajasi bir xil emas. Bu muqobil valuta yaratish va uni keng miqyosida qabul qilishni keskin qiyinlashtiradi.
Xalqaro ekspertlar BRIKS davlatlarining dollarga muqobil valuta yaratish istiqbollarini inkor etmaydi, ammo bu murakkab va uzoq muddatli jarayon bo‘lishini aytadi.
Dollar o‘z o‘rnini yo‘qotyaptimi?
Dollarning xalqaro gegemon maqomini yo‘qotish xavfi – so‘nggi paytlarda keng masshtabda, eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalardan biri. Albatta, dollarning kelajagi haqidagi savollar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, G‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lgan mamlakatlar o‘zlarining milliy valutalarida savdo qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqa boshladi.
Ammo AQSh dollari jahon bozorida hali ham juda katta rolga ega. Xususan, Xalqaro valuta jamg‘armasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy banklar tomonidan AQSh dollarida saqlanayotgan zaxiralarning ulushi 58,2 foizni tashkil etadi. Bu borada eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich yevroga tegishli – 19,7 foiz. Keyingi o‘rinlarda iyena (5,6 foiz), funt sterling(4,9 foiz), Kanada dollari (2,7 foiz), Avstraliya dollari (2,2 foiz) va yuan (2,1 foiz).

To‘g‘ri, AQSh dollarida saqlanayotgan zaxiralarning ulushi asr boshidan buyon 13 foizga kamayib, 1999 yildagi 71 foizdan 2024 yilda 58 foizga qisqargan. Shunday bo‘lsa-da, dollar qolgan valutalarga nisbatan yuqori darajadagi dominantlikni ushlab turibdi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

16:13 / 13.06.2025
«Rosatom» O‘zbekistonda kichik va katta AES quradi

13:38 / 13.06.2025
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

12:15 / 13.06.2025
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

23:40 / 12.06.2025