O‘zbekiston | 12:10
1863
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Daryabay Kaypov 24 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. 

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xabariga ko‘ra, tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi

Ushbu lavozimni Shuhrat Teshayev egalladi. Bungacha u O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuhrat Teshayev 1969 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Mavzuga oid