Jahon | 20:22 / 26.10.2024
2085
2 daqiqa o‘qiladi

Myanma sobiq yetakchisining kuyovi Facebookʼdagi postlari uchun hibsga olindi

67 yoshli iste’fodagi polkovnik va sobiq harbiy shifokor fitna qo‘zg‘atuvchi xabarlarni tarqatganlikda ayblanmoqda.

Foto: Getty Images

Myanma xavfsizlik kuchlari mamlakat sobiq harbiy rahbari Tan Shvening kuyovini Facebookʼdagi postlari uchun hibsga oldi, deb xabar beradi Associated Press.

Nay So Maung — 67 yoshli iste’fodagi polkovnik va sobiq harbiy shifokor bo‘lib, u fitna qo‘zg‘atuvchi xabarlarni tarqatganlikda ayblanmoqda.

U amaldagi harbiy yetakchiga qaratilgan tanqidiy hamda Myanma hukmron partiyasining yuqori martabali amaldori Zo Minta Maunga vafoti munosabati bilan hamdardlik postini e’lon qilganidan ikki hafta o‘tib ushlangan — uning hukumati 2021 yilgi harbiy to‘ntarish natijasida tarqatib yuborilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxolif guruhlarni rag‘batlantirish yoki tashviqot qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan shaxslar mamlakat qonunlariga ko‘ra javobgarlikka tortiladi.

Myanmada 2021 yil 1 fevral kuni mamlakat armiyasi saylangan hukumatni egallab olganidan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Harbiy to‘ntarish ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan va politsiya ularni to‘xtatish uchun o‘qotar qurollardan ham foydalanishga majbur bo‘lgan.

Data for Myanmar mustaqil tadqiqot guruhiga ko‘ra, harbiylar hokimiyatga kelganidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat guruhlarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaldagi hukumatni tanqid qilib yozgan 1691 kishi hibsga olingan.

Mavzuga oid