Rossiyada axloq tuzatish markazidan 4 nafar mahbus qochib ketdi
Baykalorti o‘lkasida axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan to‘rt mahbus qochib ketdi. Ularning ikki nafari Chita va Amur oblastida qo‘lga olingan.

Foto: Sputnik
Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida joylashgan Nerchinsk shahridagi 1-sonli axloq tuzatish markazidan to‘rt nafar maxbus qochib ketdi. Federal jazoni ijro etish xizmati boshqarmasining («UFSIN») ma’lum qilishicha, ularning ikki nafari Chita va Amur oblastidan topilgan.
Qayd etilishicha, Rusin familiyali birinchi mahbus Chitada ushlangan. «Jismoniy kuch ishlatilmadi va maxsus vositalar qo‘llanilmadi», — deyiladi xabarda.
Ikkinchi mahbus — Chekrishev esa Amur oblastidagi uyi manzilida qo‘lga olingan. «Axloq tuzatish markazi xodimlari majburiy ishlarga jalb etilgan ushbu mahkumga tayinlangan jazoni o‘zgartirish uchun sudga hujjatlarni yuboradi», — deya ta’kidlanadi «UFSIN» xabarida.
Baykalorti o‘lkasi Tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasiga holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish topshirilgan.
«Tergov qo‘mitasi tergovchilari zaruriy o‘rganish ishlarini olib boradi. Nerchinskda joylashgan Axloq tuzatish markazi rahbariyati va xodimlari so‘roq qilinadi. Tergovchilar mahkumlarning yashash sharoitlarini tartibga soluvchi hujjatlarni va ularning muassasada qanday nazorat qilinganini o‘rganadi», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.
Telegramʼdagi Baza va Shot kanallarining yozishicha, qochib ketgan mahbuslar soni besh nafarni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular qochishdan oldin tartibbuzarlar xonasida bo‘lgan va hech qanday qarshiliksiz muassasadan chiqib ketgan. Jazoni ijro etish markazida tunda soqchi bo‘lmagan, faqat bitta navbatchi ishlagan xolos.
Kuni kecha Rossiyada koloniyadan 6 nafar mahbus qochib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Lipetsk oblastidagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochgan olti nafar mahbusdan to‘rt nafari o‘zbekistonlik ekanligi aytilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
-
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 18:23
-
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Jamiyat | 17:38
Mavzuga oid

18:23
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

13:45
SBU «Pautina» operatsiyasining yangi kadrlarini ko‘rsatdi

13:40
Kreml: Rossiya memorandumi mojaro asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan

11:35