Filippinda «Trami» to‘foni tufayli 5,7 mln kishi uyini tashlab ketdi
Tropik to‘fon yomg‘ir, toshqin va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi, 85 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Filippin shimoli-sharqida «Trami» tropik to‘foni sabab bo‘lgan yomg‘ir, suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 85 kishiga yetdi.
Manila Times gazetasining Fuqarolik mudofaasi byurosi (OCD)ga tayanib yozishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.
Tabiiy ofat tufayli 5,7 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi, 92 mingga yaqini esa vaqtinchalik yashash markazlarida, deya ma’lum qildi Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi (NDRRMC).
To‘fon oqibatlari tufayli 27 mingdan ortiq uy, 520 ta yo‘l va 84 ta ko‘prik zarar ko‘rgan, deyiladi xabarda.
Rasmiylarga ko‘ra, to‘fon tufayli qishloq xo‘jaligi yerlari va infratuzilmalariga jiddiy zarar yetgan.
Mavzuga oid
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
20:34 / 27.10.2024