O‘zbekiston | 13:10 / 01.11.2024
2927
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aviakompaniyasi Goaga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

27 oktyabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Hindistonning Goa shtatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni Goa shtatidagi Manohar xalqaro aeroportiga Toshkentdan Airbus A320 Neo rusumidagi samolyot kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, uchish-qo‘nish yo‘lakchasida havo kemasi yong‘in mashinalari tomonidan yaratilgan sun’iy favvoralar bilan kutib olindi.

Endilikda milliy aviatashuvchi samolyotlari haftaning chorshanba va yakshanba kunlari Toshkent-Goa-Toshkent yo‘nalishidagi muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston va unga qo‘shni mintaqalardagi davlatlar aholisining mazkur shtatning dengiz sohilida joylashgan dam olish maskanlariga qiziqishi katta. Shuningdek, Goa va unga tutash shtatlardagi sayyohlar ham endi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda Toshkentdan Dehli va Mumbay shaharlariga Uzbekistan Airways va IndiGo kompaniyalari tomonidan haftasiga 16 ta parvoz bajarilmoqda. Milliy aviatashuvchining yangi yo‘nalishni o‘zlashtirishi natijasida aviareyslar soni 18 taga yetadi.

Mavzuga oid