Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Selangor shtati hamda Samarqand va Toshkent o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatiladi
O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi diplomatik vakolatxonasi rahbariyati Malayziyaning Selangor shtati davlat ijro Kengashi a’zosi, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma vaziri Izxam bin Xashim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Selangor shtati va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
"Selangor shtati va O‘zbekistonning sanoati rivojlangan hududlari – Samarqand va Toshkent viloyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo-iqtisodiy aloqalarini o‘rnatish taklifini qo‘llab-quvvatlayman. Ushbu viloyatlarning rasmiy va ishbilarmon doira vakillarini shtatga alohida tashrifini tashkil etishga ham tayyormiz", dedi u.
Malayziya tomoni bilan Selangor shtatida O‘zbekistonda yetishtiriladigan sarxil va quritilgan meva-sabzavot va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan ikki mamlakatlar ulgurji va chakana savdo kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026