Jahon | 11:50 / 01.11.2024
4102
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa gaz omborlari deyarli to‘liq to‘ldi

Yevropaning omborlaridagi gaz zaxiralari 95 foizga yetdi va qishdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan darajadan oshib ketdi, deb xabar berdi Yevropa komissiyasi.

Foto: Peter Kneffel/dpa/picture alliance

Yevropa Ittifoqining gaz omborlari 95 foizga to‘lgan, a’zo davlatlar tomonidan belgilangan ko‘rsatkichdan oshib ketdi. Bu haqda 31 oktyabr, payshanba kuni Yevrokomissiya rasmiy vakili Tim Makfi ma’lum qildi.

«Bu bizga kelasi qishda barqaror ta’minot va narxlarni saqlab qolish, shuningdek, Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘i importini bosqichma-bosqich to‘xtatishni uzaytirish imkoniyatini beradi», deya energetika bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simson ma’lumotlarga izoh berdi.

YeI gaz zaxiralari yillik gaz iste’molining uchdan bir qismini qoplaydi

Gas Infrastructure Europe assotsiatsiyasi ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 29 oktyabr holatiga ko‘ra, Yevropa gaz saqlash obektlarining to‘liqligi 95,22 foizni tashkil etdi. Ularda 100 milliard kub metrdan ortiq gaz mavjud bo‘lib, bu Yevropa Ittifoqining yillik ehtiyojining uchdan bir qismini qoplaydi.

Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng, YeI davlatlari har yili 1 noyabrga qadar YeIga a’zo davlatlardagi gaz omborlari 90 foizga to‘lishi kerakligiga kelishib oldilar.

O‘z oldiga 95 foiz to‘ldirishni maqsad qilgan Germaniyada gaz omborlari allaqachon 98,04 foizga to‘lgan.

Mavzuga oid