«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
«Krokus Siti Xoll»dagi terakt bo‘yicha Ingushetiyadan to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi, ikki nafari hibsga olingan, yana ikki nafari qidiruvga berilgan, deb yozadi «Kommersant» gazetasi.
«Krokus Siti Xoll»da 145 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt bo‘yicha jinoiy ishda to‘rt yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi. Ularning barchasi Ingushetiya fuqarolari, ulardan ikki nafari hibsga olingan, yana ikki nafari qidiruvga berilgan. Bu haqda 1 noyabr, juma kuni «Kommersant» gazetasi xabar qildi.
Unga ko‘ra, gap Surxaxida tug‘ilganlar — Husayn Medov, Jabrail Aushev va Xavaj-Bagaudin Aliyev, shuningdek, ekajyevolik Batir Kulayev haqida ketmoqda.
Ular «bir guruh bo‘lib oldindan til biriktirib, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning noqonuniy muomalasi» va «guruh tomonidan sodir etilgan portlovchi qurilmalar va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Medov to‘rtta foydalanishdan chiqqan Kalashnikov avtomatini jangovar avtomatlarga aylantirgan, Kulayev ular uchun magazin va patronlarni topgan, Aushev va Aliyev Ingushetiyaning Ekajyevo va Surxaxi qishloqlari yaqinida omborlarga qurol va o‘q-dorilarni yetkazib bergan, shundan so‘ng jihozlar Moskvaga olib ketilgan.
Rossiyani bir yil ichida 2 mlndan ortiq migrant tark etdi
Rasmiy idoralarning xabarlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari Rossiyani tark etgan. 18 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, ayni paytda mamlakatda 6,17 million xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan.
«Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, migratsiya ro‘yxatidan o‘tish davlat axborot tizimida ma’lumotlari mavjud, Rossiyada bo‘lgan chet el fuqarolari soni 6 million 174 ming 777 nafarni tashkil qildi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, butun 2023 yil davomida Rossiya Federatsiyasida 8,5 milliondan ortiq kishi migratsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan, dedi iyun oyi oxirida Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova. «Asosan, MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari mamlakatimizda ishlayapti. 2023 yilda hududimizga 9 million 973 ming 338 kishi kirib kelgan. Ulardan 8 million 507 ming 906 nafari migratsiya uchun ro‘yxatga olingan», — dedi Moskalkova.
Mavzuga oid
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024